Bugun
Leningradda 385 mln yillik daraxt topildi
+7°
дымка ветер 2.1 м/с, В

Yevropa AQSH va NATOsiz omon qoladimi?

Dunyo
94
Yevropa AQSH va NATOsiz omon qoladimi?
Donald Trampning Yevropaga nisbatan siyosati tobora aniq tus olmoqda: u Yevropa davlatlarini xavfsizlik masalasida mustaqil harakat qilishga undayotgan bo‘lsa-da, AQSHning strategik ta’sir doirasini saqlab qolish niyatidan qaytmagan. Agar Tramp Yevropani o‘zidan uzoqlashtirsa, bu uzoq muddatda AQSHga ehtiyojning pasayishiga olib kelishi mumkinmi? NATO doirasidagi moliyaviy majburiyatlar bahsi ortidan Yevropa yetakchilari o‘z harbiy salohiyatini oshirish harakatiga tushmoqda. Shu kabi mavzular Kun.uz'ning“Geosiyosat” dasturida muhokama qilindi.

- Tramp Yevropani o‘zidan uzoqlashtirsa, keyinchalik AQSHga ehtiyoj pasaymaydimi?

Shuhrat Rasul: Liderlarning so‘nggi vaqtlarda berayotgan intervyulari, matbuotdagi chiqishlarini diqqat bilan kuzatsak, shuningdek Germaniyaning bo‘lajak kansleri Fridrix Mers hali keskin qaror qabul qilgani yo‘q. Lekin Fransiyadan kafolatlar sifatida yadro zontigini so‘radi. Hali Tramp “Biz Germaniyadagi yadro qurollarni olib chiqib ketamiz”, deb aytgani yo‘q. U faqat, “Agar men aytganlarni qilmasalaring, pullarni ko‘paytirmasalaring, NATOga ko‘proq pul ajratmasalaring deb alyans siyosati haqida gapirgan edi. Lekin “qurollarni olib chiqib ketamiz”, degani yo‘q edi. Shunga qaramay, Fridrix Mers aytyaptiki, “Bizga yangi yadro zontigi kerak”, va Fransiyaga murojaat qilyapti, Makron ham buni qandaydir ijobiy hal qilganday bo‘lyapti.

Qayta-qayta aytilayotgan gaplar: Yevropa baribir o‘zining qandaydir qurolli kuchlariga ega bo‘lishi kerak degan gaplar endi yuz bergan voqeadan keyin tezlashadi. Lekin hali Oq uy eshiklar yopilgani yo‘q. Buni Amerika ma’muriyati va shaxsan Trampning o‘zi ham oxirida aydti va “Qachon tinchlik shartlariga tayyor bo‘lsangiz yana qaytib keling”, dedi. Yevropa liderlari o‘rtaga tushib vositachi bo‘lishga harakat qilsa kerak.

Zelenskiyning xatolaridan biri 2014 yildagi voqealarni eslamaslik kerak edi. Shunday qilib u yo‘q joydan o‘ziga o‘zi muammo yaratib oldi.

- Jahon urushlari kabi dunyoda o‘zaro “Ittifoqlar davri” boshlandimi?

Oybek Sirojov: Yo‘q, hali ungacha vaqt bor. Yevropaning qudrati bu iqtisodiyoti bilan, o‘sha integratsiyasining o‘zagi ham iqtisodiyot bilan bog‘liq. Lekin iqtisodiyotni, ya’ni iqtisodiy rivojlanish bilan harbiy rivojlanishni taqqoslaydigan bo‘lsak, bir-biriga qarama-qarshi tomonda. Ya’ni harbiy qudratni rivojlantirish uchun ma’lum bir iqtisodiyotdan, ijtimoiy masalalardan voz kechishga to‘g‘ri kelmoqda. Mana bugun Yevropa oldida endi dilemma paydo bo‘ldi. Demak, endi yuqorida ta’kidlab o‘tilgandek, agar o‘zi mustaqil o‘zining xavfsizligini yoki butun Yevropaning xavfsizligini ta’minlash uchun mavjud iqtisodiy birlikdan voz kechib, asosiy e’tiborni harbiy sohaga qaratish kerak bo‘lsa, bunga jamiyat qanchalik tayyor? Hukumatlar qanchalik tayyor? Bunga siyosiy bardosh yeta oladimi degan savollar yuzaga keladi.

Anvar Yo‘ldoshev: Oq uydagi uchrashuv natijasidan Yevropa juda katta tashvishga tushib qoldi. YEI davlatlari yigirma trillion dollarlik yalpi ichki mahsulotga ega, to‘rt yuz ellik million aholiga ega. Bunday qaraganda, kichkina emas. Lekin bu davlatlarning birortasi bugungi kunda AQSH talab qilganday harbiy xarajatlarni besh foizga olib kela oladimi? Yalpi ichki mahsulotning harbiy sohaga ketkazadigan ulushini ikki foizdan oshira olmayapti. Aholi jamiyati bunga qanchalik tayyor?

Kamoliddin Rabbimov: Donald Tramp birinchi marta to‘rt yil hokimiyatda o‘tirganda aloqalar to‘liq uzilmadi. Ba’zi davlatlar bilan munosabatlar anchagina taranglashdi, lekin aloqalar to‘liq uzilmadi. Ayni vaqtda Yevropa Ittifoqining xavfsizligi uchun hozircha AQSHdan boshqa muqobil variant yo‘q. Agar Amerika Yevropadan chiqib ketadigan bo‘lsa, Yevropa Ittifoqi o‘zining xavfsizligini ta’minlaydigan bir katta industriya yoki armiya yoki mudofaa tizimi shakllantirguncha, bilmadim, balkim 20-30 yil kerak bo‘ladi. Ya’ni juda katta muddat kerak bo‘ladi, chunki Amerika bu Yevropa Ittifoqi ustidan to‘liq himoya qilib turibdi. Lekin Yevropa Ittifoqi allaqachon anglab yetgan. Amerikada tendensiya bu faqat Donald Tramp bilan bog‘liq emas, Amerika ichkarisida katta o‘zgarishlar bo‘lyapti.

Yevropa mana Ursula Fon der Lyayen o‘tgan yili ham aytdi, Yevropa Ittifoqining mudofaa komissarini joriy qilish bo‘yicha taklif bo‘lgan.

Xuddi shunday endi Fransiya bilan Germaniya birgalikda, ularning asosiy markazida turuvchi davlatlar mudofaa tizimini shakllantirish bo‘yicha ham loyihalar bor. Hozirda ikkita jarayon bor: birinchisi, NATOni zaiflashtirmaslik, ikkinchisi esa parallel ravishda Yevropa o‘z xavfsizligini sekin-sekin oshirib, vaqt yutishi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Italiya Norvegiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi
Italiya Norvegiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi
2025-yil 17-noyabr kuni Milandagi "San Siro" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Italiya terma jamoasi Norvegiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O‘yinni faol
Dunyo Bugun, 07:33
Leningradda 385 mln yillik daraxt topildi
Leningradda 385 mln yillik daraxt topildi
Leningrad viloyatida joylashgan Shalovo-Perechitskiy qum konlarida taxminan 385 million yillik daraxt qoldig‘i topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Sankt-Peterburg davlat universiteti
Dunyo Bugun, 01:29
Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochildi
Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochildi
Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona — Ciel Dubai Marina o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mehmonxona dastlabki mehmonlarni qabul qila boshladi. Uning balandligi 377 metr
Dunyo Bugun, 00:58
Magzum Mirzagaliev O‘zbekistonga elchi bo‘lishi mumkin
Magzum Mirzagaliev O‘zbekistonga elchi bo‘lishi mumkin
2025-yil 14-noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti maslahatchisi Magzum Mirzagalievning O‘zbekistonga yangi elchi etib tayinlanishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Dunyo Bugun, 00:31
Energetik ichimliklar yigitni nogironlikka olib keldi
Energetik ichimliklar yigitni nogironlikka olib keldi
Rossiyada energetik ichimliklarni me’yordan ortiq iste’mol qilgan 22 yoshli yigit og‘ir sog‘liq muammolariga duch keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Sankt-Peterburg shahrida yashovchi Artyom
Dunyo Kecha, 23:39
Dunyoning eng aqlli yetti shahri e’lon qilindi
Dunyoning eng aqlli yetti shahri e’lon qilindi
Innovatsiyaga qaratilgan sarmoyalar bugungi kunda global raqobatda asosiy ustunlikka aylanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2025-yil uchun Interesting Engineering dunyoning eng aqlli
Dunyo Kecha, 23:28