Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 oktabr
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Yashash joyi qarish jarayonini sekinlashtiradi yoki tezlashtiradi

Dunyo
44
Yashash joyi qarish jarayonini sekinlashtiradi yoki tezlashtiradi
Dunyoda uzoq yashash va keksa avlodga aylanganda sog‘lig‘ingiz qanday bo‘lishi faqat tanovul yoki genetik omillarga bog‘liq emas, balki yashash joyingiz ham muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Nature Medicine jurnalida chop etilgan so‘nggi tadqiqot natijalari Science Focus tomonidan taqdim etildi. Tadqiqotda 40 mamlakatda yashovchi 160 mingga yaqin insonning sog‘lik holati o‘rganildi.

Xulosa shuki, yashash joyingiz qarish jarayonini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Taraqqiy etgan va ekologik, ijtimoiy jihatdan qulay mamlakatlarda yashovchi odamlar boshqalarga nisbatan sog‘lom va uzoq umr ko‘rmoqda.

Masalan, Daniya bu borada yetakchi davlat hisoblanadi. Aksincha, Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikadagi ayrim hududlarda sog‘lom qarish ko‘rsatkichlari pastligi kuzatilmoqda.

Misr aholisi dunyoda eng tez qariydiganlardan biri bo‘lib, ularning biologik yoshi xronologik yoshidan taxminan 2,35 yilga kattaroq. Janubiy Afrika va Janubiy Amerikada ham shunga o‘xshash holatlar mavjud.

Yevropa mamlakatlari esa tabiiy va sog‘lom qarish bo‘yicha oldinda turadi. Olimlarning fikricha, havo sifati, ijtimoiy tenglik, iqtisodiy barqarorlik, ayollar huquqlarining ta’minlanishi, saylovda ishtirok etish imkoniyati va siyosiy erkinlik kabi omillar inson qarish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Bu omillar nafaqat umrni uzaytiradi, balki hayot sifatini yaxshilaydi. Shuningdek, tez qariydigan insonlar kundalik ishlarni bajarishda ko‘proq qiynaladi va aqliy qobiliyatlari tezroq pasayadi.

Bu ularning hayot sifatini va mustaqilligini cheklaydi. Shu sababli, yashash joyining inson salomatligi va uzoq umr ko‘rishdagi roli juda muhimligi yana bir bor isbotlandi.

Yashash joyi faqat manzil emas, balki sog‘lom qarish va faol hayot uchun asosiy omil hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44