Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СВ
ENRU

Markaziy Osiyo shaharlarida issiq havo o‘limlarni oshirmoqda

Dunyo
85
Markaziy Osiyo shaharlarida issiq havo o‘limlarni oshirmoqda
Jahon banki tomonidan yaqinda e’lon qilingan tahliliy hisobotda Markaziy Osiyo va Yevropaning yirik shaharlarida anomal issiq havo sharoitining inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgani qayd etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston shaharlarida haroratning g‘ayrioddiy darajada ko‘tarilishi inson salomatligi, mehnat bozori hamda infratuzilmaga qaytarib bo‘lmaydigan zarar yetkazmoqda. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ashxobod shahrida har yili 100 ming aholiga nisbatan 25-28 kishi issiq havo sababli vafot etmoqda.

Toshkent, Ostona va Bishkekda ham o‘limlar soni har 100 ming kishiga 19-21 nafarga teng. Bu raqamlar kelajakda yanada oshishi mumkinligi ogohlantirilmoqda.

Masalan, 2090 yilga kelib Toshkent va Ostona kabi yirik shaharlarida issiq havo oqibatida har yili 10 mingdan 23 minggacha odam halok bo‘lishi ehtimoli mavjud. 2023 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida harorat ko‘tarilishi sababli 87 mingdan ortiq doimiy ish o‘rni yo‘qotildi.

Bu yo‘qotishlarning 22 mingga yaqini O‘zbekistonda, 18 mingga yaqini esa Ozarbayjonda ro‘y berdi. Bu holat issiqlikning nafaqat sog‘liq, balki iqtisodiyotga ham jiddiy zarar yetkazayotganini ko‘rsatadi.

Hisobotda yirik shaharlarda issiq kunlar soni 2050 yilgacha kamida uch barobarga ko‘payishi taxmin qilinmoqda. Ba’zi joylarda issiq kunlar soni yiliga 70 taga yetishi mumkin.

Shu bois, mutaxassislar hozirdanoq quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni tavsiya qilmoqda: shaharlarda daraxt va yashil maydonlarni ko‘paytirish, binolarni tabiiy sovutish imkonini beruvchi usullarga moslashtirish, aholiga harorat xavfi haqida oldindan ogohlantirish tizimini yaratish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, maxsus sovutish markazlarini tashkil etish, qurilishda issiqqa chidamli materiallardan foydalanish hamda infratuzilmani yangilashda iqlim o‘zgarishlarini hisobga olish. Qirg‘izistonda har yili harorat keskinligi sababli taxminan 200 kilometr yo‘l zararlanishi kuzatilmoqda.

Bu nafaqat infratuzilmaga, balki iqtisodiy faollikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki yo‘l ta’mirlash ishlari katta xarajatlarni talab qiladi va transport sohasida uzilishlarga olib keladi. 2050 yilga kelib, Ashxobod va yana sakkizta Yevropa va Markaziy Osiyo shahrida issiq havo oqibatida iqtisodiy yo‘qotishlar yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan oshib ketishi mumkin.

Bu esa davlat budjeti, investitsiya siyosati va ijtimoiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, zarur choralar hozirdanoq ko‘rilmasa, issiq havo nafaqat global muammo, balki har bir inson uchun shaxsiy xavfga aylanadi.

Vaqtni boy bermay, mas’uliyatni anglab, samarali harakatlarga kirishish ertangi kunni himoya qilish uchun muhimdir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026