Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Kim Chen In urush yilligini g‘alaba bilan nishonladi

Dunyo
34
Kim Chen In urush yilligini g‘alaba bilan nishonladi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakatda Koreya urushidagi o‘t ochishni to‘xtatish bitimining yilligini nishonlar ekan, imperializm va Amerika Qo‘shma Shtatlariga qarshi kurashda albatta g‘alaba qozonishlarini ta’kidladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Uning bu bayonoti 1950–1953-yillardagi Koreya urushiga bag‘ishlangan harbiy muzeyga tashrif buyurganida bildirildi. Kim Chen In mamlakat harbiy salohiyatini yanada kuchaytirish, uni kuchli armiyaga ega rivojlangan davlatga aylantirish yo‘lida davom etishini qayd etdi.

Koreya urushi 1953-yil 27-iyulda AQSh va Xitoy vakillari ishtirokida o‘t ochishni to‘xtatish bitimi imzolanib, urush rasmiy yakunlandi. Urush davomida ikki tomon ham bir necha bor hujumlar va orqaga chekinishlar bilan Koreya yarim orolini kesib o‘tgan.

Ushbu bitim asosida Koreya ikki qismga – Shimoliy va Janubiy Koreyaga bo‘lindi. Shimoliy Koreya bu sanani har yili “G‘alaba kuni” sifatida nishonlaydi, Janubiy Koreya esa rasmiy tadbirlar o‘tkazmaydi, biroq AQShdagi memoriallarda urush faxriylari xotiralanadi.

Janubiy Koreya va AQSh o‘rtasidagi ittifoq mustahkamlanmoqda. Vashingtonda o‘tkazilgan xotira tadbirida Janubiy Koreya prezidenti Li Che Myong AQSh bilan strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishga va’da berdi.

U siyosat, xavfsizlik, iqtisod va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirib, qon bilan bog‘langan ittifoqni mustahkamlash orqali Koreya yarim orolida erkinlik va tinchlikni himoya qilishga intilishlarini ta’kidladi. Shu bilan birga, Shimoliy Koreyaning Rossiya bilan hamkorligi kuchaymoqda.

Janubiy Koreya rasmiylariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga minglab harbiy xizmatchilarini yuborgan, ular asosan Kursk viloyatida joylashgan. Bundan tashqari, Pyongyang Rossiyaga o‘q-dorilarni yetkazib bergani ma’lum bo‘ldi.

Yaqin kelajakda yana harbiy kuchlar yuborilishi ehtimoli mavjud. Kim Chen In urush faxriylari xotirasiga bag‘ishlangan bir nechta yodgorliklarni ziyorat qildi.

Shuningdek, u Xitoy armiyasi jangchilari sharafiga qurilgan Do‘stlik minorasida bo‘lib, artilleriya qismlari bilan uchrashdi va ushbu tarixiy sanani nishonladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026