Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Starmer Falastin davlatini tinchlik sharti bilan tan oladi

Dunyo
32
Starmer Falastin davlatini tinchlik sharti bilan tan oladi
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Keir Starmer Falastin davlatini rasmiy tan olishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Biroq u buni faqat Isroil bilan imzolanishi lozim bo‘lgan keng qamrovli tinchlik bitimi doirasida amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi. Ushbu bayonot ayniqsa, Falastinni hozircha tan olishni talab qilayotgan Leyboristlar partiyasi ichida norozilik uyg‘otdi.

So‘nggi haftalarda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Falastin davlatini sentabr oyida rasmiy tan olishini e’lon qildi. Bu qaror Isroil va Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan qattiq tanqid qilindi.

Avvalroq Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya ham shunday qaror qabul qilgan edi. Shu sharoitda Leyboristlar partiyasining ko‘plab a’zolari Buyuk Britaniya ham shunga o‘xshash qadam tashlashi kerakligini ta’kidlashmoqda.

220 dan ortiq parlament a’zolari, asosan Leyboristlar, Starmerga murojaat qilib, Falastin davlatini tan olishni talab qildi. Bosh vazir Starmer Fransiya va Germaniya yetakchilari bilan G‘azo urushini to‘xtatish yo‘llarini muhokama qilarkan, murosaga erishish yo‘lida amaliy va real choralarni afzal ko‘rishini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin davlatini tan olish muhim bosqich bo‘lib, ikki xalq – Falastin va Isroil – xavfsiz va barqaror kelajakka ega bo‘lishi zarur. Biroq Starmer bu tan olish faqat ikki davlatli yechim asosida, diplomatik tinchlik kelishuvi doirasida amalga oshirilishi lozimligini qayd etdi.

Ichki siyosiy bosim kuchayib borayotgan bir paytda London meri Sodiq Xon va Tashqi ishlar bo‘yicha parlament qo‘mitasi a’zolari ham hukumatni Falastin davlatini tan olishga chaqirmoqda. Hukumatdagi vazir Shabana Mahmud bunday qadam bir necha foydali natijalarga olib kelishi va Isroilga aniq siyosiy signal bo‘lishini ta’kidladi.

Starmerning pozitsiyasini murakkablashtirayotgan asosiy omillardan biri Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan munosabatlardir. Ayniqsa, yaqinda Shotlandiyaga tashrif buyurgan AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan iliq aloqalar saqlanmoqda.

Buyuk Britaniya tarixan tashqi siyosatda AQSh bilan yaqin hamkorlikda bo‘lgan. Shuning uchun ham Britaniya hukumati Falastin masalasida ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026