Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 3 м/с, С
ENRU

G‘azoda gumanitar yordam karvonlari kirishi boshlandi

Dunyo
45
G‘azoda gumanitar yordam karvonlari kirishi boshlandi
G‘azo sektorida yashovchi ikki milliondan ortiq aholi gumanitar tanaffus e’lon qilinishi va yordam karvonlarining kirishiga ruxsat berilishi haqidagi xabarlarga ehtiyotkorlik bilan ijobiy munosabat bildirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Biroq ko‘plab fuqarolar bu chora vaqtinchalik bo‘lib, asosiy muammolarni hal etishga xizmat qilmasligidan xavotirda. Isroil armiyasi yakshanba kuni G‘azoga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib beruvchi karvonlar o‘tishi uchun gumanitar yo‘laklar ochilishini ma’lum qildi.

Bu qaror ochlik xavfi oshgani va xalqaro bosim kuchaygani sababli qabul qilindi. So‘nggi oylar ichida G‘azoda kundalik hayot deyarli to‘xtab qoldi.

Bombardimonlar, chegara yopilishi va yetkazib berish yo‘llarining uzilishi natijasida aholi oziq-ovqat, toza ichimlik suvi va dori-darmon kabi zaruriy ehtiyojlardan jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Isroil rasmiylari G‘azoga un, shakar va konservalangan mahsulotlardan iborat yetti paket yordamni samolyot orqali yetkazganini bildirmoqda.

Oltita farzand onasi Nivin Solih: “Bu faqat oziq-ovqat miqdori haqida emas, balki uning sifati haqida ham gap. To‘rt oydan beri yangi meva yoki sabzavot iste’mol qilmadik.

Tovuq, go‘sht, tuxum yo‘q. Faqat muddati o‘tgan konservalar va un bor”, dedi.

G‘azodagi sog‘liqni saqlash mutaxassislariga ko‘ra, ayniqsa bolalar va maxsus parhezga muhtoj shaxslar orasida oziq-ovqat yetishmovchiligi kuchaymoqda. G‘azo-Misr chegarasidagi Rafah o‘tish nuqtasida yordam yuklangan yuk mashinalari navbatda turibdi.

BMT va boshqa insonparvarlik tashkilotlari yordam yetkazilishiga hech qanday to‘siq bo‘lmasligini, yordamlar erkin kirishi lozimligini ta’kidlamoqda. Shimoliy G‘azodagi do‘kondor Ahmad Taha: “Bu doimiy yechim emas, bu saraton kasalligiga qarshi faqat og‘riq qoldiruvchi berishdek holat — muammo esa o‘z joyida qolmoqda”, dedi.

G‘azo aholisi yordam uchun minnatdor bo‘lsa-da, barqaror va tinchlikka olib boruvchi siyosiy yechimni intiqlik bilan kutmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026