Bugun
Kelin-salom marosimida yangi odatlar muhokamada
+21°
ясно ветер 2.1 м/с, ЮВ

Bolalar orasida o'tkir ichak infektsiyalari ko'paymoqda

Jamiyat
6
Bolalar orasida o'tkir ichak infektsiyalari ko'paymoqda
Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonda 23 mingdan ortiq o'tkir ichak infektsiyalari qayd etildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Ushbu kasalliklarda asosan kichik yoshdagi bolalar ko‘proq zarar ko‘rmoqda. Yozgi mavsum odatda bunday kasalliklarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu issiq ob-havo, sanitariya qoidalariga rioya qilmaslik va oziq-ovqat mahsulotlarini noto‘g‘ri saqlash bilan izohlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yilning dastlabki olti oyida mamlakat bo‘yicha 23 558 ta o'tkir ichak infektsiyasi holatlari ro‘yxatga olingan. Qo‘mita matbuot xizmati rahbari Maftuna Saidova AOKAda o‘tkazilgan brifingda bu haqda ma’lumot berdi.

Eng ko‘p kasallanish holatlari Toshkent shahrida, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda aniqlangan. Ayniqsa, bolalar o‘rtasida kasallanish darajasi yuqori bo‘lib, quyidagi yosh guruhlarida holatlar ko‘p uchraydi: bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda 5000 dan ortiq, 1 dan 3 yoshgacha 7678, 4 dan 6 yoshgacha 3184, 7 dan 14 yoshgacha 1998, 15 dan 19 yoshgacha 756, 20 yosh va undan katta yoshdagilarda esa 4938 ta holat qayd etilgan.

Mutaxassislar o'tkir ichak infektsiyalarining tarqalishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillarni aniqlashdi. Ular orasida buzilgan yoki noto‘g‘ri saqlangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish, yuvilmagan va nam mevalarni iste’mol qilish, ifloslangan ochiq suv havzalarida cho‘milish, kasallangan shaxslar bilan aloqada bo‘lish, shuningdek, sifatli bo‘lmagan ko‘cha ovqatlari, sovutgich ichimliklari, ayran va sharbatlarni iste’mol qilish muhim o‘rin tutadi.

Qo‘mita vakillari yoz oylarida o'tkir ichak infektsiyalarining, ayniqsa bolalar orasida ko‘p uchrashi haqida ta’kidlashdi. Ushbu kasalliklar turli mikroorganizmlar, jumladan, qorin tif, paratif, salmonellyoz, dizenteriya, virusli gepatit A, xolera va boshqa yuqumli kasalliklar sabab bo‘ladi.

Odatda bunday kasalliklarni bakteriyalar va viruslar keltirib chiqaradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab bir milliarddan ortiq diareya holatlari qayd etiladi, ulardan 5 dan 10 milliongacha bo‘lganlari o‘lim bilan yakunlanadi.

Shu sababli sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish va sog‘lom turmush tarzini saqlash juda muhimdir.

O‘xshash yangiliklar

Qashqadaryoda 558 million so‘mlik elektr o‘g‘irligi fosh etildi
Qashqadaryoda 558 million so‘mlik elektr o‘g‘irligi fosh etildi
Qashqadaryo viloyatida noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalanish holati qayd etildi. “O‘zenergoinspeksiya” viloyat hududiy boshqarmasi va ichki ishlar bo‘limlari hamkorligida o‘tkazilgan
Oʻzbekiston 14:45, 25-06-2025
AQSh va Xitoy iste’dodlar uchun kurashmoqda
AQSh va Xitoy iste’dodlar uchun kurashmoqda
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushining yangi bosqichi endi tovarlar emas, balki inson kapitaliga – muhandislar, texnolog mutaxassislari hamda sun’iy intellekt sohasidagi olimlarga qaratilmoqda.
Dunyo 23:35, 8-07-2025
Har kungi 5000 qadam — salomatlikka qo‘yilgan tabiiy investitsiya
Har kungi 5000 qadam — salomatlikka qo‘yilgan tabiiy investitsiya
Muntazam yurish — tana va ruh uyg‘onishi uchun eng sodda va samarali usul Zamonaviy hayotning tezligi, texnologiyalarga bo‘lgan bog‘liqlik va jismoniy faollikning yetishmasligi salomatlik uchun
Foydali 19:11, 17-04-2025
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025
Xans-Diter Flik: «Klasikoda biz faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz»
Xans-Diter Flik: «Klasikoda biz faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz»
11 may kuni Ispaniya La Ligasining 35-turida butun jahon e’tiborida bo‘ladigan mashhur «El Klasiko» o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda «Barselona» o‘z maydonida ashaddiy raqibi – «Real Madrid»ni qabul
Sport 20:01, 10-05-2025
07:58
Ichki ishlar dronlardan jinoyatlarni aniqlashda foydalanadi
07:53
Kelin-salom marosimida yangi odatlar muhokamada